01Qisqacha
Kabinetda Tarif sahifasi pastida «Ish joyini o‘chirish» tugmasi bor: kanal nomini yozib tasdiqlasangiz, postlar, rejalar, rasmlar, kanal ulanishi va saqlangan karta o‘chadi. Tugmadan foydalana olmasangiz yoki hisob umuman o‘chirilishi kerak bo‘lsa, hisobingiz pochtasidan bizga yozing, biz o‘chirib pochta orqali tasdiqlaymiz.
Bu tartib Postla’ga Instagram orqali kanal ulagan foydalanuvchilarga ham tegishli: Postla va Instagram ulanishi orqali olingan barcha ma’lumot shu yo‘l bilan o‘chiriladi.
02Qanday so‘rov yuboriladi
Postla’ga kirishda ishlatgan pochtangizdan info@postla.io manziliga xat yozing. Mavzu: «Ma'lumotlarni o'chirish».
Xatda nimani o‘chirish kerakligini yozing: butun hisobni yoki faqat bitta brendni. Brend nomini yoki sayt manzilini ko‘rsating.
Pochtangizga kira olmasangiz, Telegram orqali yozing: @postlaiobot. Bu holda hisob sizniki ekanini tekshirish uchun qo‘shimcha savol beramiz.
Boshqa odamning hisobini o‘chirib yubormaslik uchun so‘rovni faqat hisob egasidan qabul qilamiz.
Pochta orqali so‘rov yuborish03Nima o‘chiriladi
- Hisobingiz va kirish pochtangiz.
- Brendlar, brend tahlili, sayt, Instagram va Telegram’dan o‘qilgan ma’lumotlar.
- Kontent-rejalar, post matnlari, tahrirlar va fakt ombori.
- Biz yaratgan rasmlar — fayl omboridan ham.
- Kanal ulanishlari va Instagram/Meta tokenlari; e’lon qilish uchun navbatda turgan postlar bekor qilinadi.
- Avval Zernio xizmati orqali ulangan bo‘lsangiz — o‘sha yerdagi brend profilingiz ham.
- Telegram bot ulanishi, bildirishnomalar va botga yozgan xabarlaringiz.
- Ulangan kartalar tokeni — bizda ham, Payme yoki Click tomonida ham.
- ChatPlace (Virale) xizmatiga Instagram akkauntingizni kuzatuvdan olib tashlash so‘rovini yuboramiz.
Diqqat: Instagram yoki Telegram kanalingizda allaqachon e’lon qilingan postlar o‘sha yerda qoladi — ular sizning kanalingiz, ularni o‘zingiz o‘chirasiz.
04Nima saqlanib qoladi
- To‘lov yozuvlari (buyurtma, summa, sana, tranzaksiya raqami) — soliq va buxgalteriya qonunchiligi talab qilgan muddat davomida: 5 yil. Ular boshqa maqsadda ishlatilmaydi.
- Xatolar va amallar jurnalidagi yozuvlar — hisobingizga bog‘lanishi uziladi; xatolar jurnali 30 kun ichida o‘zi tozalanadi.
- Zaxira nusxalar — ular vaqt o‘tib o‘zi almashadi: qo'lda olingan nusxalar 30 kun ichida almashtiriladi.
05Qancha vaqt oladi
So‘rov 30 kun ichida bajariladi. Tugagach, hisobingiz pochtasiga tasdiq xati yuboramiz. Faol obuna bo‘lsa, u to‘xtatiladi va avtomatik to‘lov o‘chiriladi.
06Hozir o‘zingiz nima qila olasiz
- Kartani uzish: kabinet → Tarif → «kartani uzish». Token bizda ham, provayderda ham o‘chiriladi.
- Avtomatik uzaytirishni o‘chirish: kabinet → Tarif.
- Telegram xabarlarini to‘xtatish: botga
/stopyozing yoki kabinet → Kanallar → «uzish». - Instagram ruxsatini qaytarib olish: Instagram sozlamalaridagi ulangan ilovalar va saytlar bo‘limidan. Shundan keyin Postla kanalingizga post chiqara olmaydi.
07Aloqa
- Pochta: info@postla.io
- Telegram: @postlaiobot
- Telefon: +998 99 990 22 99
- Ish vaqti: Dushanba–juma, 9:00–18:00 (Toshkent vaqti)
Qaysi ma’lumot yig‘ilishi haqida batafsil — Maxfiylik siyosati.

