01Avtomatik uzaytirishni bekor qilish
Kabinetdagi «Tarif» bo‘limida avtomatik uzaytirishni istalgan vaqtda o‘chirish yoki kartani uzish mumkin.
Bekor qilingandan keyin yangi to‘lov olinmaydi, avval to‘langan davr oxirigacha xizmat ishlashda davom etadi.
02Pulni qaytarish mumkin bo‘lgan holatlar
- Avtomatik uzaytirishdan keyin 3 kalendar kun ichida murojaat qilingan va yangi davrda xizmatdan foydalanilmagan bo‘lsa.
- Bir to‘lov ikki marta yechilgan bo‘lsa.
- Texnik xato sabab noto‘g‘ri summa yechilgan bo‘lsa.
- Qonunchilikda pulni qaytarish talab qilingan boshqa holatlarda.
03“Xizmatdan foydalanilmagan” degani
Yangi to‘lov davrida yangi kontent yaratilmagan, tasdiqlanmagan va kanalga chiqarilmagan bo‘lishi kerak.
04Qanday murojaat qilinadi
Hisobingizga ulangan pochtadan info@postla.io manziliga yozing. Xatda hisob pochtasi, to‘lov sanasi, summa va sababni ko‘rsating.
Murojaat 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Pul to‘lov qilingan kartaga Payme yoki Click orqali qaytariladi.
Boshqa aloqa usullari Aloqa sahifasida.

