01Kim va nima uchun
Ma’lumotlaringizni YaTT O'rinov Firdavs Ikrom o'g'li (STIR 562125390) — «Postla», «biz» — qayta ishlaydi. Bu siyosat postla.io sayti, Postla kabineti va Postla Telegram botiga tegishli.
Biz ma’lumotni bitta maqsadda ishlatamiz: brendingiz uchun kontent tayyorlash, uni siz ulagan kanallarga chiqarish, to‘lovni qabul qilish va siz bilan bog‘lanish. Ma’lumotni sotmaymiz va reklama uchun ishlatmaymiz.
02Qanday ma’lumot yig‘amiz
Hisob
- Elektron pochta manzilingiz. Kirish parolsiz: pochtangizga bir martalik kod yuboriladi.
- Kabinet tili (o‘zbekcha yoki ruscha).
Brend haqida siz beradigan ma’lumot
- Brend nomi, sayt, Instagram yoki Telegram kanal manzili, mamlakat va kontent tili.
- Fakt omboriga kiritgan narx, aksiya, manzil, ish vaqti kabi ma’lumotlar.
- Postlarga kiritgan tahrirlaringiz, tasdiqlash yoki rad etish qarorlaringiz, avtopilot sozlamasi.
- Suratga olish joyi rasmlari — faqat ssenariy yozish uchun ishlatiladi. Ular hech qachon nashr qilinmaydi, tarqatilmaydi va yopiq omborda saqlanadi.
- Joyni o‘qish uchun rasmga 10 daqiqaga ochiladigan maxfiy havola beriladi va Anthropic (Claude) serveri rasmni shu havola orqali o‘qib oladi. Havola muddati tugagach ishlamaydi, rasm esa bizning yopiq omborimizda qoladi.
- Joy rasmiga xodim yoki mijozlar ham tushib qolishi mumkin. Tahlil odamlarni tasvirlamaydi — natijaga faqat joyning o‘zi (yorug‘lik, fon, sirt, ranglar) yoziladi.
Xizmatdan foydalanish statistikasi
- Kabinetdan qanday foydalanayotganingiz haqidagi texnik statistika, post tahrirlaringiz va post matnini tahrirlash jarayoni (post muharriri va Yozish oynasidagi matnning oraliq holatlari, yuborilmagan qoralama ham), Postla boti bilan yozishmangiz va kanal postlaringizdagi reaksiyalar soni: xizmatni va yozuvchini yaxshilash uchun. 180 kun saqlanadi, faqat Postla jamoasi ko‘radi. Parol, karta va pochta kabi kiritilgan ma’lumotlar bunga kirmaydi.
Ochiq manbalardan o‘qiladigan ma’lumot
Siz ko‘rsatgan manzil bo‘yicha faqat hammaga ochiq ma’lumotni o‘qiymiz:
- Sayt: bosh sahifa va yana 5 tagacha ichki sahifa matni, sarlavhalari va ranglari. Sayt JavaScript bilan chizilsa, sahifa Jina AI Reader xizmati orqali matnga aylantiriladi.
- Instagram: profil nomi, bio, obunachilar va postlar soni, oxirgi va eng ko‘p ko‘rilgan postlarning matni, ko‘rishlar, layk va izohlar soni, videolar uchun matnga aylantirilgan nutq va tahlil. Bu ma’lumotni ChatPlace (Virale) xizmati beradi; buning uchun akkauntingiz Virale kuzatuv ro‘yxatiga qo‘shiladi.
- Telegram kanal: nomi, tavsifi, obunachilar soni, ochiq postlarning matni, sanasi va ko‘rishlar soni (t.me sahifasidan) — tahlil uchun so‘nggi postlar, kanal ulangach esa kanal tarixi (bir necha ming postgacha). Siz qo‘shgan ilhom kanallarining ochiq postlari ham shu tarzda o‘qiladi; ularning matni ko‘chirilmaydi, faqat uslub va mavzu o‘rganiladi.
Instagram yoki Telegram parolingizni so‘ramaymiz va olmaymiz.
Biz tayyorlaydigan ma’lumot
- Brend tahlili («brend DNK»): ovoz, auditoriya, mavzular.
- Kontent-reja, post matnlari va rasmlar. Rasmlar bizning fayl omborimizda saqlanadi va kanalga chiqarish uchun ochiq havola orqali beriladi: havolani bilgan odam rasmni ko‘ra oladi.
- Haftalik hisobot uchun post natijalari.
Tahrirlardan til sifatini yaxshilash
Postga kiritgan to‘liq tahriringiz faqat o‘sha brendning keyingi matnlarini uning ovoziga moslash uchun ishlatiladi. Umumiy o‘zbek tili sifatini yaxshilash uchun tizim tahrirdan faqat o‘zgargan qisqa iborani ajratishi mumkin; raqam, ismga o‘xshash so‘z, elektron pochta, telefon, havola va foydalanuvchi nomi bor parcha umumiy bazaga olinmaydi.
Anonim ibora boshqa brendlarda avtomatik ishlatilmaydi: bir xil tuzatish kamida ikki mustaqil brendda uchrashi va Postla administratori tomonidan ko‘rib chiqilib tasdiqlanishi kerak. To‘liq post va qaysi brend tuzatgani boshqa mijozga ko‘rsatilmaydi.
Kanallar
- Meta orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulasangiz, Facebook ruxsat oynasida o‘zingiz rozilik berasiz. Biz Page, Instagram va siz tanlagan reklama akkaunti identifikatorlari, nomlari, berilgan ruxsatlar hamda access tokenni shifrlangan holda saqlaymiz. Meta ulanishini kabinetda uzishingiz mumkin.
- Instagram “Instagram orqali kirish” (Instagram Login) oynasida ulanadi: ruxsatni o‘sha yerda o‘zingiz berasiz. Bizda Instagram akkaunt raqami, foydalanuvchi nomi, berilgan ruxsatlar, ruxsat muddati va uni qaysi Postla hisobi ulagani saqlanadi; access token esa shifrlangan holda saqlanadi. Ulanishni kabinetda uzishingiz mumkin — shunda token o‘chiriladi.
- Telegram kanal Postla’ning o‘z botini kanalga administrator qilib ulanadi — uchinchi tomon xizmati ishtirok etmaydi: bizda kanal identifikatori va nomi hamda botni ulagan Telegram hisobingiz raqami saqlanadi.
Instagram statistikasi va akkaunt tahlili
- Ulangan Instagram akkauntingiz statistikasi: siz Instagram Login oynasida statistika ruxsatini bersangiz, oxirgi postlaringizning reach, ko‘rish, layk, izoh, saqlash va ulashish sonlari hamda akkauntning 30 kunlik reach’ini o‘qiymiz. Ular faqat sizning brendingiz a’zolariga «Natijalar» sahifasida ko‘rsatiladi va keyingi oy rejasini tuzishda ishlatiladi; bir soatlik nusxasi saqlanadi.
- Akkaunt tahlili («Tahlil» sahifasi): siz kiritgan ochiq biznes yoki kreator Instagram akkauntining faqat ochiq ma’lumotlarini — profil, obunachilar va postlar soni, oxirgi postlarning matni, layk, izoh va ko‘rishlar sonini — Meta Business Discovery orqali o‘qiymiz. Oddiy va yopiq profillar, shaxsiy ma’lumotlar va yopiq statistika olinmaydi; o‘sha akkauntlar bilan bog‘lanilmaydi. Tahlil natijasi sizning brendingiz tarixida saqlanadi.
Telegram bildirishnomalari
Botni ulasangiz, Telegram chat raqamingiz, foydalanuvchi nomingiz va ismingiz saqlanadi. Botga yozgan xabaringiz (masalan, «narx 50 mingga chiqdi») fakt so‘roviga javob sifatida saqlanadi va keyingi postlarda hisobga olinadi. Botga /stop yozsangiz yoki kabinetda uzsangiz, xabarlar to‘xtaydi.
To‘lov
- Buyurtmalar: tarif, summa, holat, sana va Payme/Click tranzaksiya raqamlari.
- Payme va Click bilan almashilgan so‘rov va javoblar — nizo chiqsa dalil sifatida.
- Kartani avtomatik to‘lovga ulasangiz: karta raqami va amal qilish muddatini kabinetdagi formada kiritasiz, ular serverimiz orqali darhol Payme yoki Click’ga uzatiladi va bazaga yozilmaydi. Bizda faqat provayder bergan token, raqamning yashirilgan ko‘rinishi (masalan, 8600 49** **** 6478) va amal qilish muddati qoladi. SMS kod faqat tasdiqlash uchun provayderga uzatiladi.
- Bir martalik to‘lov Payme yoki Click sahifasida amalga oshadi.
Texnik ma’lumot
- Xatolar jurnali: xato matni, vaqti va qaysi hisob yoki brendda yuz bergani. Kalit, token va karta kabi maxfiy qiymatlar yozishdan oldin olib tashlanadi.
- Muhim amallar jurnali: kim qachon postni tasdiqladi, tahrir qildi, tarifni o‘zgartirdi yoki kanal uladi.
- AI va rasm xizmatlari sarfi (qaysi xizmat, qancha) — limit va xarajat hisobi uchun.
04Ma’lumot kimga boradi
Xizmatni ko‘rsatish uchun quyidagi provayderlardan foydalanamiz. Har biri faqat o‘z ishi uchun kerakli qismni oladi:
Sun’iy intellekt xizmatlariga brendingiz haqidagi ochiq matnlar va faktlaringiz yuboriladi, pochtangiz va to‘lov ma’lumotingiz yuborilmaydi.
Postla xodimlari (administratorlar) nosozlikni tuzatish va qo‘llab-quvvatlash uchun kabinet ma’lumotini ko‘rishi mumkin. Qonun talab qilgan hollarda ma’lumot vakolatli davlat organlariga beriladi.
05Qayerda saqlanadi
Baza, fayllar va hisoblar Supabase bulut xizmatida saqlanadi. Hudud: Yevropa Ittifoqi, Frankfurt (Germaniya).
Yuqoridagi provayderlarning ko‘pchiligi O‘zbekistondan tashqarida ishlaydi, ya’ni ma’lumot xorijdagi serverlarga uzatiladi va o‘sha yerda saqlanadi.
Postla biometrik yoki genetik ma’lumotlarni qayta ishlamaydi va telekommunikatsiya operatori emas. Xorijda saqlash O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuni 27¹-moddasi hamda shaxsga doir ma’lumotlar uchun teng darajadagi himoyani ta’minlaydigan davlatlar ro‘yxati asosida amalga oshiriladi. Germaniya ushbu ro‘yxatga kiritilgan. Uzatishda shifrlangan aloqa va provayder ruxsat nazorati qo‘llanadi.
06Qancha saqlanadi
- Hisob, brend, kontent va rasmlar — hisobingiz bor ekan.
- Faol bo‘lmagan hisob: 6 oy
- Hech bir postga bog‘lanmagan rasmlar — 7 kundan keyin avtomatik o‘chiriladi.
- Xatolar jurnali — oxirgi takrordan 30 kun o‘tgach o‘chiriladi.
- Fon ishlari navbati — 14 kun (xato bilan tugaganlari 60 kun).
- To‘lov yozuvlari — qonun talab qilgan muddat: 5 yil
- Zaxira nusxalar: qo'lda olingan nusxalar 30 kun ichida almashtiriladi
07Sizning huquqlaringiz
Siz istalgan vaqtda:
- biz saqlagan ma’lumotingiz nusxasini so‘rashingiz;
- noto‘g‘ri ma’lumotni tuzattirishingiz (brend, faktlar va postlarni kabinetda o‘zingiz tahrirlaysiz);
- kartani kabinetdan uzishingiz — token bizda ham, provayderda ham o‘chiriladi;
- Telegram xabarlarini to‘xtatishingiz;
- hisob va ma’lumotlaringizni o‘chirishni so‘rashingiz — qanday qilish;
- roziligingizni qaytarib olishingiz va vakolatli organga shikoyat qilishingiz mumkin.
So‘rovni hisobingiz pochtasidan yuboring — shunda u sizniki ekanini tekshira olamiz. Javob muddati: 30 kun.
08O‘zgarishlar
Mahsulot o‘zgarsa, bu sahifa ham o‘zgaradi. Amaldagi matn har doim shu manzilda turadi, kuchga kirgan sanasi sarlavha ostida ko‘rsatiladi.
09Aloqa
Maxfiylik bo‘yicha savollar uchun:
- Pochta: info@postla.io
- Telegram: @postlaiobot
- Telefon: +998 99 990 22 99
- Ish vaqti: Dushanba–juma, 9:00–18:00 (Toshkent vaqti)
Yozma murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, Yangihayot tumani, Tursunzade 22-47

